
Xabib Nurmagomedov: "Qariya UFC bilan yangi shartnoma imzoladi!”
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Tagir Ulanbekov (17-2) UFC bilan yangi shartnoma tuzdi. Bu haqda uning jamoadoshi, MMA afsonasi Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
“Qariya UFC bilan yangi shartnoma imzoladi”, — deb yozdi Xabib.
Ma’lumot uchun, Ulanbekov super engil vazn toifasida harakat qiladi. U 2013 yildan beri UFC, AMC Fight Night Global hamda GFC turnirlarida ishtirok etib keladi.
Fikrlar