Xames Evropaga qaytmoqchi

  • 15 may, 2024, 01:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘tgan yozda klubsiz qolib ketgan va Braziliyaning "San Paulo" jamoasi bilan shartnoma imzolagan Xames Rodriges yana erkin agentga aylanishi mumkin. 

Kolumbiyalik xavbek ketma-ket 3 o‘yindan beri qaydnomadan joy olmayapti. Bu esa futbolchiga yoqmadi va jamoani tark etish kayfiyatida, deya xabar bermoqda "GOAL Brasil" nashri. Milliy chempionat doirasida u 36 daqiqa maydonda harakatlandi. 

Xamesning eng katta orzusi bu Evropaga qaytishdir. Buning uchun 32 yoshli yarim himoyachi "San Paulo" bilan tuzilgan bitimni bekor qilishi kerak. Sababi, ayni paytda uni qaysidir klub sotib olishi qiyin masala. 

Ma’lumot uchun, 2018 yilda transfer narxi 50 million evro bo‘lgan Rodriges bugungi kunda 3 million evroga baholanmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!