
Xamzat Chimaev Iliya Topuriyaga munosib raqib topdi
O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Xamzat Chimaev engil vazn chempioni Iliya Topuriya uchun munosib raqib kim ekanini aytdi.
"Men Iliya va Tsarukyan jangini ko‘rishni istayman. Armanning oyoq zarbalari va kurashi yaxshi, Topuriyaning esa jiu-jitsu va boks mahorati kuchli. Ular ayni paytda o‘z divizionida eng zo‘rlari. Umid qilaman, UFC mazkur to‘qnashuvni bu yil tashkillashtiradi", - dedi Chimaev.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya ham, Tsarukyan ham oxirgi janglarida Charlz Oliveyrani mag‘lub etgandi.
Fikrlar