
Xamzat Chimaev katta ishga qo‘l urdi
31 yoshli UFC chempioni Xamzat Chimaev Checheniston Respublikasida 50 mingta daraxt ekish loyihasi uchun “Xayra” ijtimoiy tashkilotiga 10 million rubl (taxminan 1,5 mlrd.so‘m) xayriya qildi.
“Biroz avval Xamzat menga etimlarga yordam berishni taklif qildi. Lekin o‘sha paytda mablag‘ yig‘imi yopilgan edi, shuning uchun uni ko‘kalamzorlashtirish loyihasiga taklif qildim. Bu Allohning irodasi bilan bo‘ldi, u rozilik bildirdi”, – dedi tashkilot direktori Minkail Ahmadov.
Ma’lumot uchun, Chimaev UFC tarixida mag‘lubiyatsiz chempionlikka erishgan 16-jangchi hisoblanadi.
Fikrlar