
Xausenning diskvalifikatsiyasi bitta o‘yinga qisqartirildi
"Real" himoyachisi Xausenning diskvalifikatsiyasi bitta o‘yinga qisqartirildi
"As" nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" Din Xausenning "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinda olgan qizil kartochkasi ustidan apellyatsiya berganida so‘ng uchrashuvning bosh hakami Xesus Xil Mansano xatosini tan olganidan so‘ng ispaniyalik himoyachini diskvalifikatsiyasi ikkita o‘yindan bitta o‘yinga qisqartirildi. Shunday qilib, 20 yoshli futbolchi "Levante" bilan o‘yinda maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, La Ligada futbolchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olsa, ikkita o‘yindan maydonga tusha olmaydi.
Fikrlar