Xaver Mendes: “"Agar Islam Maxachev Jek Maddalenani parterga torta olmasa..."
AKA zali asoschisi va rossiyalik UFC sobiq chempioni Islam Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining navbatdagi jang haqida fikr bildirdi. Maxachev noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan UFC 322 turnirida yarim o‘rta vazn chempioni Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqadi.
"Agar Islam raqibni parterga yiqita olmasa va faqat "stoyka"da jang qilishga to‘g‘ri kelsa, demak, u shunday qiladi. Biroq biz har qanday imkoniyatdan foydalanishimiz kerak. Maqsad — faqatgina Jekni erga yiqitish emas, balki u taqdim etadigan yoki biz yaratadigan har bir imkoniyatdan unumli foydalanish", — dedi Mendes "Red Corner MMA" YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Islam Maxachev MMAda 28 ta jang o‘tkazgan (27 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat). Della Maddalena esa 20 ta jangda ishtirok etgan (18 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat).
Fikrlar