Xaver Mendes: "MMA va boks haqiqiy sport emas"

  • 2 oktabr, 2024, 14:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Taniqli murabbiyi Xaver Mendes MMA va boks sportning klassik ta’rifiga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

Tecno

"MMA - haqiqiy sport emas va hech qachon bunday bo‘lmagan. Shuningdek, bu ta’rif boksga ham tegishli.  Chunki bu sport turlarida tomoshabinni ekran oldiga to‘plash uchun kimlar jang qilishini ma’lum bir shaxslar belgilaydi. Masalan, bokschilar kimdir bilan jangdan bosh tortishlari va xotirjamlik bilan musobaqani davom ettirishi mumkin. An’anaviy sport turlarida esa raqibnii tanlab bo‘lmaydi. Yoki boshqa misol, Peddi Pimbletni olaylik. U ajoyib yigit. Unga chempionlik jangini berish kerakmi? Odatda, sportda bunday huquq berilishi mumkin. Ammo UFC da  nafaqat ko‘plab g‘alabalar, balki tomoshabinlarning sizga munosabati ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi", - dedi Mendes o‘zining You Tube kanalida.

Ma’lumot uchun, Xaver Mendes AKA sport zali asoschisi hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!