
Xavi “Barsa”dan pul undirmaysanmi?
“Barselona” rahbariyati jamoani ikki yarim yil davomida boshqarib kelgan Xavi Ernandesni muddatidan oldin iste’foga chiqardi.
Odatda, bunday holda klub ishidan ayrilgan murabbiyga shartnoma bo‘yicha maoshining qolgan qismini yoki badal pulini to‘laydi.
Jurnalistlar Xavi Ernandesdan bu borada qanday ish tutishini so‘rashdi. Chunki ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yana bir yil bor edi.
- Men avval ham bu kabi savollarga javob bergan edim. Men har doim gapimda turganman, - dedi Xavi Ernandes.
Xavi mavsum o‘rtasida chempionat yakunlanishi bilan jamoadan ketishini va shartnomaning qolgan qismi bo‘yicha pul talab qilmasligini aytgandi. Biroq, keyinchalik klub rahbariyati uni fikridan qaytarib, jamoada qolishga ko‘ndirgandi.
Lekin mavsum oxirida Joan Laporta baribir Xavi Ernandesdan voz kechishga qaror qildi.
Fikrlar