Xavi: "Barselona"ni tirik, deb ayta olaman

  • 11.04.2024 04:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xavining fikricha, "Barselona" Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqa oladi. 

"Men jamoam bilan faxrlanaman. Ana endi faxrlanish vaqti keldi. 

PSJ hamon favorit bo‘lib qolmoqda. Biz ularga o‘z o‘yinini ko‘rsatishga imkon bermadik. Bosim juda yuqori edi, ayniqsa, birinchi taymda. Mazkur jamoaga qarshi himoyalanish juda qiyin, ammo biz uddaladik. 

Futbolchilar ishonishadi. Agar shunday o‘ynashda davom etsak, yarim finalga chiqish imkoniyatimiz bo‘ladi. Biroq hali hech narsa hal bo‘lmagan. 

Men jamoaning ishidan mamnunman. Barselonada bizga qiyin bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham men "Barselona"ni tirik, deb ayta olaman", -
dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!