Xavi ketishini e’lon qilganidan so‘ng "Barselona"ni to‘xtatib bo‘lmayapti

  • 11 aprel, 2024, 04:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" qatorasiga besh uchrashuvda g‘alaba qozondi. 

Xavi shogirdlari Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi uchrashuvda PSJni mag‘lub etdi (3:2). 

Kataloniya klubi oxirgi marotaba 27 yanvar kuni "Vilyarreal"ga mag‘lub bo‘lgan. O‘sha bellashuvdan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" ustozi mavsum yakunida "Barselona"ni tark etishini ma’lum qilgan. 

O‘sha o‘yindan beri "Barsa" La Liga va Chempionlar ligasida 9 g‘alaba va 3 durang qayd etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Xavi shogirdlari 13 aprel kuni "Kadis" va 16 aprel kuni PSJ bilan o‘ynayda. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!