
Xavi: "Qizil kartochka - adolatli qaror"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Valensiya"ga qarshi g‘alaba haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Kataloniyaliklar Ronald Arauxoning qizil kartochka olib chetlatilishidan so‘ng 59-daqiqada maydonda bir kishi kam qoldi, ammo o‘yin boshida qo‘lga kiritilgan ustunlikni saqlab qoldi.
"Birinchi bo‘limda yaxshi imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdik. Ikkinchi golni urishimiz mumkin edi, ammo bu qiyinroq edi. Bizda ishlash kerak bo‘lgan jihatlar bor.
Qizil kartochka - adolatli qaror, lekin bu nomuvofiqlik natijasida yuzaga kelgani uchun berilmasligi kerak edi.
Bu futbolchilarning g‘alabasidir, birinchi navbatda maqtash kerak", - dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida 62 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar