
Xavi: "Rahbariyat bilan hammasi joyida"
Bir necha kunlardan beri Xavining "Barselona"ni tark etishi borasidagi mish-mishlar internetni egallab oldi. Rahbariyat undan norozi ekanligi va tez orada murabbiyni ishdan bo‘shatishi haqidagi xabarlar keng tarqaldi, lekin ispaniyalik mutaxassisning o‘zi ayni paytda hotirjam. U "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yin oldidan tashkil qilingani matbuot anjumanida jurnalistlarning ketishiga oid savollariga javob berdi.
"Rahbariyat bilan aloqadaman, hammasi joyida. Ular menga hali ham ishonch bildirishmoqda. Mish-mishlar ahamiyat bermayman. Bor e’tibor ertangi uchrashuvga qaratilgan. Men o‘zimni yaxshi his qilyapman. "Barsa"ni boshqarish ajoyib, chunki bu dunyodagi eng yaxshi jamoa", - dedi Xavi.
Bundan oldin "Barselona" La Ligada deyarli ikkinchi o‘rinni hal qilgan o‘yinga Deku va Joan Laporta tashrif buyurmagandi. Murabbiyning gaplariga ishonadigan bo‘lsak, uning qolish ehtimoli yuqori.
Fikrlar