Xavining o‘rniga 8 ta nomzod bor edi

  • 25 aprel, 2024, 17:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi "Barselona"da yana bir mavsum qolishi aniq bo‘ldi. Ispaniyalik murabbiy  avvalroq "ko‘k-anorranglilar"ni mavsum so‘nggi tark etishini aytgandi, lekin u 2025 yilning yozigacha qolishga qaror qildi. 

Tecno

"Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi Xavining o‘rniga sakkiz nafar murabbiy nomzodini ko‘rib chiqayotgan edi. Manbaga ko‘ra, "Barsa" Xans-Diter Flik, ​​Tomas Tuxel, Roberto De Zerbi, Ralf Rangnik, Arne Slot, Andoni Iraola, Luis Enrike va Rafael Markes varinatlaridan birini Xavining o‘rniga olib kelmoqchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida "Barselona" 70 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda, 81 ochkosi bor Madridning "Real" klubi etakchilik qilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!