
Xill:"MMA kikboksing emas, Pereyra !"
Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jamol Xill(12-1-1 N/C) amaldagi chempion Aleks Pereyra(9-2)ga tahdidli xabar qoldirdi.
“Aleks ajoyib kikbokschi. U hammaga g‘alaba qozona olishini ko‘rsatdi, ammo MMA kikboksing emas. Sport zaliga kirganimdan beri kikbokschilardan ustunlik qilaman. Men har doim profestsionallar bilan sparing qildim. Hech qanday havaskorlar yo‘q edi. Kim chempion bo‘lsa, qaytganimda raqibimga aylanadi. O‘ylashimcha, bu Pereyra bo‘ladi. Bunga hech qanday shubham yo‘q", - deya Xillning so‘zlarini keltiradi Middle Easy.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yanvar oyida Xill Glover Teysheyrani ochkolar bo‘yicha mag‘lub etib, vakant chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Ammo yozda u chempionlikdan voz kechgandi.
Fikrlar