Xitoyliklar italiyalik 23 yoshli futbolchi uchun 100 mln evro to‘lashga tayyor

CHERY AUTO

 

Tecno

Xitoy Superligasi vakili – “Tyantszin Tsyuantszyan” klubi “Torino” jamoasi hujumchisi Andrea Belottiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fabio Kannavaro bosh murabbiyligi ostidagi Xitoy klubi 23 yoshli futbolchining shartnomasida belgilangan 100 mln evro tovon pulini to‘lashga tayyor.

Biroq “Tyantszin Tsyuantszyan” Belotti borasida rasmiy taklif bilan hozircha chiqmadi. Muzokaralar yaqin orada boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Andrea Belottiga Londonning “Arsenal” jamoasi qiziqish bildirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!