Xoakin Bakli shov-shuv ko‘tarmoqda. U kuchli oltilikda!

  • 17.12.2024 15:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

15 dekabr kuni AQSh ning Tampa shahrida o‘tkazilgan "UFC on ESPN 63" turniridan biroz o‘tib, promoushen reytingi yangilandi.

E’tiborlisi, yarim o‘rta vaznda ishtirok etayotgan Xoakin Bakli mazkur divizion reytingida 3 pog‘ona yuqorilab, 9-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarildi. AQSh dagi turnirda unga raqiblik qilgan Kolbi Kovington esa hamyurtining eski o‘rniga joylashdi.

Ma’lumot uchun, "UFC on ESPN 63" - promoushenning joriy yildagi eng so‘nggi turniri edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!