Xokkey. Bugun Jahon chempionati g‘olibi aniqlanadi!

  • 29 may, 2022, 17:08
  • 0
  • Xokkey
TIGGO 2 PRO

Finlyandiyada bo‘lib o‘tayotgan xokkey bo‘yicha jahon chempionatida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, mezbon Finlyandiya hamda xokkey vatani Kanada terma jamoalari chempionlik uchun bahs olib boradi. 

Dastlab, 3-o‘rin uchun o‘yin Chexiya va AQSh terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 17:20 da start oladi. 

Keyin finalda Finlyandiya va Kanada xokkeychilari muzda g‘oliblik uchun "jang" olib boradi. Mazkur to‘qnashuvni bugun 22:20 dan boshlab tomosha qilishingiz mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!