
Xokkey. "Humo" kelasi mavsumda ham Qozog‘iston Pro-ligasida ishtirok etadi
Xabaringiz bor, joriy mavsum Qozog‘iston Pro-ligasida ishtirok etgan Toshkentning “Humo” xokkey klubi yakunda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bugun mavsum yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida “qanotlilar” bosh menejeri Yuris Opulskis “Humo” kelasi mavsumda ham Qozog‘iston Pro-ligasida ishtirok etishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Evgeniy Popixin boshchiligidagi murabbiylar shtabi yangi mavsumda ham o‘z faoliyatini davom ettirishi aytildi.
Fikrlar