Xokkey tamom! VXLda ham mavsum muddatidan oldin yakunlanadi

  • 25 mart, 2020, 17:15
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Rossiya xokkey federatsiyasi Oliy xokkey ligasida (VXL) koronavirus pandemiyasi bois mavsum muddatidan oldin yakunlanganligini e’lon qildi.

Tecno

"Bugun Qit’aviy xokkey ligasida (KXL) 2019/20 yilgi mavsumni muddatidan oldin yakunlangani haqidagi qaror qabul qilindi. Bu qaror xokkeychilar, klub xodimlari va muxlislarning salomatligini o‘ylagan holatda Rossiya Sport vazirligi tomonidan "21 martdan boshlab mamlakatda barcha sport tadbirlari o‘tkazilishini bekor qilish yoki ko‘chirish to‘g‘risi"dagi farmoniga asoslanib qabul qilindi.

Rossiya xokkey federatsiyasi (RXF) KXLning qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. Bizning asosiy boyligimiz - insonlar salomatligi va ularni himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlarni qabul qilishimiz kerak.

RXF Butunrossiya musobaqasi - "VXL - Buyuk ipak yo‘li kubogi"ni o‘tkazib keluvchi VXLga ham  mavsumni muddatidan oldin yakunlashni taklif qiladi.

2019/20 yilgi mavsumda klublar egallagan o‘rinlarni o‘rnatilgan tartibda aniqlash yaqin  fursat ichida VXL tomonidan qabul qilinadi", - deyiladi Rossiya xokkey federatsiyasining rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, VXLda Toshkentning "Humo" jamoasi ham ishtirok etadi va Evgeniy Popixin shogirdlari musobaqaning pley-off bosqichi chorak finalida Moskvaning "Zvezda" klubiga qarshi beshinchi o‘yinini o‘tkazishi lozim edi. Seriya 3:1 ko‘rinishini olgan vaqtda liga avvaliga 24 mart, so‘ng 10 aprelga qadar xokkey uchrashuvlari to‘xtatib qo‘yilganligini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!