Xoland: Hammasi jonga tegdi!

  • 21 yanvar, 2024, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland 2023 yil yakunlari bo‘yicha Globe Soccer Award sovrinini qo‘lga kiritib, yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilganidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

- “Manchester Siti” — fantastik klub. Menga bu jamoada o‘ynash yoqadi. Jarohatlardan qutilib, tezroq maydonga qaytishga umid qilaman. Futboldan uzoqda yurish jonga tegdi, - dedi Erling Xoland.

23 yoshli norvegiyalik forvard Globe Soccer Award tanlovida Kilian Mbappe (PSJ va Frantsiya terma jamoasi), Lionel Messi (“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi) Krishtianu Ronaldu (“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi) kabi yulduz futbolchilarni ortda qoldirdi.

Erling Xoland 2023 yilda jami 60 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 50 gol yozdirib qo‘ydi. Futbolchi o‘tgan mavsumda Angliya chempionligi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini sohibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!