
Xoland hayotini janjalkash Balotelliga topshirmoqchi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland Britaniya ommaviy axborot vositalari xodimlari savollariga javob berar ekan, o‘z hayotini kimga ishonishini ham aytdi.
- Hayotimni kimga ishonishim mumkin?
Birinchi navbatda, o‘zimga. Chunki men o‘zimning qobiliyatlarimga qattiq ishonaman. Agar biror boshqa odamni tanlash kerak bo‘lsa, Mario Balotelliga. U men ro‘baro‘ kelganlarim orasida eng zo‘ri. U haqiqatan ajoyib yigit. Shu bois, hayotimni unga va o‘zimga ishonaman.
Kimsasiz orolga kimni olib ketardim?
Albatta, Kevin de Bryuyneni. U o‘sha erda ham menga eng zo‘r golli paslarni oshirardi. Shuningdek, ota-onamni ham oboraman. Ular menga g‘amxo‘rlik qilib, milliy taomlarimizdan pishirib beradi, - dedi Xoland.
Fikrlar