Xoland hech kimdan uzr so‘ramaydi!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning so‘nggi omadsiz o‘yinlaridan keyin norvegiyalik hujumchi Erling Holand tanqid qilinishiga izoh berdi.
- Erling hech kimdan uzr so‘ramasligi kerak. U qo‘lidan kelganini qilyapti va harakatdan to‘xtagani yo‘q. Agar jamoa g‘alaba qozonmasa, bu bir o‘yinchining aybi emas, hammaning mas’uliyati. Faqat maksimum kuch sarflamasanggina uzr so‘raysan, hozir Erlingda bunaqa holat yo‘q, demak uzr kerak emas, - dedi Gvardiola.
“Manchester Siti” Angliya Premyer ligasi, Yevropa Chempionlar ligasi va ichki kuboklarda oxirgi yettita o‘yinda ikkita mag‘lubiyat va uchta durang qayd etdi. Ikkita g‘alaba kubok o‘yinlariga to‘g‘ri keldi.
Holandning o‘zi anchadan beri o‘yindan gol ura olmayapti. Ekspertlar 25 yoshli to‘purar optimal sport formasini tiklay olmayotganini ta’kidlamoqda.

Fikrlar