Xoland "Manchester Siti" rekordini takrorladi
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Chempionlar Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumida umumiy bosqichning birinchi turida «Portu»ga qarshi o‘yinda (2:0) ikki gol urib, jamoasiga muhim g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa norvegiyalik forvard «shaharliklar» tarkibida asosiy Yevropa musobaqasida kiritgan to‘plari soni jami 36 taga yetdi.
Bu ko‘rsatkich klub rekordining takrorlanishi bo‘ldi. Ilgarigi natija Serxio Aguero hisobiga yozilgan edi.
Qiziqi shundaki, Holand ushbu marrasiga 40 ta o‘yinda yetib keldi. Aguero esa «Siti» safida Chempionlar Ligasida 64 ta bahsda maydonga tushib, 36 bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar