Xoland: "O‘zimni yaxshi his qilmayapman"

  • 2 oktabr, 03:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Chempionlar Ligasida "Monako" bilan 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng fikr bildirdi.

Tecno

"O‘zimni yaxshi his qilmayapman, chunki g‘alaba qozonmadik. Ikkinchi bo‘limda ortiqcha narsalar qila boshladik. Etarlicha yaxshi o‘ynamaganimiz uchun g‘alabaga loyiq emasdik. Bizga ko‘proq energiya kerak, birinchi bo‘limdagi kabi hujum qilishimiz zarur, ammo ikkinchi bo‘limda ular gol urdi".

Penalti epizodi haqida:

"Uni ko‘rmadim. Agar birovning yuziga oyoq bilan urib yuborsangiz, ehtimol, bu penalti bo‘ladi".

Birinchi bo‘limdagi ettita teginish haqida:

"Baribir o‘yinda ishtirok etdim, harakat qildim, boshqalar uchun bo‘sh joy yaratdim. Faqat to‘pga tegish emas, balki harakat qilish ham muhim. Birinchi bo‘limda ishimni bajardim, ikkinchisida esa yo‘q. Gol urmadim va epizodlarni oxiriga etkazmadim.

Chempionlar Ligasida har bir o‘yin og‘ir. O‘tgan yilni eslab ko‘ring — biz chiqib ketgandik. Har bir bellashuv qiyin, ilk ikki uchrashuvda g‘alaba qozonadigan jamoalar oz, shuning uchun ham bu turnirda oson o‘yin yo‘q", — dedi Xoland "TNT Sports"ga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!