Xoland "Real"ga Vinisius va Mbappe tufayli o‘tmaydi

  • 29.06.2026 18:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" jamoasi hujumchisi Erling Holand Madriddning "Real" klubiga o'tish niyatida emas. Bu haqida ElNacional nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, norvegiyalik forvard kelajakda klubini o'zgartirish variantlarini ko'rib chiqishi mumkin. Ammo bu qaror "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoani tark etgani sabab amalga oshishi ehtimol qilinmoqda.

Shu bilan birga, Holand hozircha "Real" safiga qo'shilishni rejalashtirayotgani yo'q. Sababi sifatida Kilian Mbappe va Vinisius Juniornig madridliklar tarkibida ekani ko'rsatilmoqda. Nashr yozishicha, norvegiyalik futbolchi bu ikki yulduz bilan bir jamoada, bir kiyinish xonasida bo'lishni istamaydi.

OAVdagi ma'lumotlarga ko'ra, Holandning "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasida 175 million yevro miqdorida to'lov evaziga kelishuvni bir tomonlama bekor qilish imkonini beruvchi band mavjud.

Eslatib o'tamiz, 2025/26 yilgi mavsumda Erling Holand barcha musobaqalar doirasida 52 ta o'yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!