
Xoland “Siti”dan ketish yo‘lini topdi
“Manchester Siti”ning so‘nggi ikki yildagi eng zo‘r to‘purari Erling Xoland faoliyatida o‘zgarish qilishni rejalashtirmoqda.
24 yoshli hujumchi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirmoqchi. Ispan grandlaridan “Barselona” va “Real” norvegiyalik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga qarshi emas.
Shuningdek, Frantsiyaning ko‘p karra chempioni PSJ ham Erling Xolandni olish uchun hech qanday mablag‘ni ayamasligini bildirmoqda.
Biroq Xolandning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Endi norvegiyalik o‘yinchi ketish yo‘lini topgani aytilmoqda.
Unga ko‘ra, Xoland “shaharliklar”ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qiladi. Erling bu bitimga o‘zini 120 million evroga transfer qilish to‘g‘risidagi bandni qo‘shitirmoqchi. Bu summani 200 million evroga baholanayotgan Xolandni olmoqchi bo‘lgan grand klublar ortiqcha qiyinchiliksiz to‘lay oladi.
Fikrlar