
"Xorazm"ning yangi stadioni qanday ko‘rinishda? (Fotogalereya)
“Xorazm” jamoasi nihoyat o‘zining stadioniga qaytmoqda. 16 oktyabr kuni pro liganing 22-turidagi “Andijon”ga qarshi uchrashuvi Urganchdagi muhtasham “Xorazm” sport majmuasi stadionida o‘tkaziladi.
Bu tabiiy maydon bo‘lib, o‘z bag‘riga 12000 ishqibozni sig‘diradi. 2015 yilda stadion rekonstruktsiya uchun yopilgan va ma’lum sabablarga ko‘ra foydalanish imkoniyati bo‘lmayotgandi. Shu bois “Xorazm” bungacha uy o‘yinlarini “Yoshlik” sport majmuasiga qarashli sun’iy maydonda o‘tkazib keldi.
“Xorazm” bosh direktori Maqsud Karimov bilan suhbatlashganimizda u yangi stadion deyarli tayyor ekanini ma’lum qildi.
O‘zingiz yangi stadionga ko‘rib baho bering!
























Fikrlar