
Xorvatiya terma jamoasi ustozi FIFAga "boykot" e’lon qildi
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich "The Best" sovriniga ovoz bermadi. Xorvatiya futbol ittifoqi sayti Dalichning bayonotini e’lon qildi.
"Men FIFA tomonidan ko‘prog‘iga loyiq ekanligimizga ishonardim. Biz Millatlar ligasida ham, jahon chempionatida ham kuchli to‘rtlikka kirgan yagona jamoamiz.
Oxirgi ikki jahon chempionatida ikkita medal qo‘lga kiritdik. O‘tgan yili Parijda Frantsiyani, Kopengagenda Daniyani mag‘lub etdik, jahon chempionatida Braziliya va Belgiya kabi gigantlarni mag‘lub etdik. 2020 yildan buyon 23 ta o‘yindan atigi 2 tasida mag‘lub bo‘ldik, - dedi Dalich.
Xovatiya ustozi FIFAning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun 14 nafar nomzod ro‘yxatiga faqat bitta xorvatlik Luka Modrich kirganidan norozi. Dalich ro‘yxatda Mateo Kovachich va Yoshko Gvardiolni ko‘rmaganidan hayratda. Bundan tashqari terma qanday qilib jahon chempionatidan so‘ng Dominik Livakovich eng yaxshi darvozabonlar ro‘yxatiga kiritilmaganini tushunmayapti.
Shuningdek, 56 yoshli mutaxassis o‘zini "Eng yaxshi murabbiy" nominatsiyasida ko‘rishni kutayotganini ham aniq aytdi.
Fikrlar