
Xose Benavides: "Devid Benavides va Artur Beterbiev jangi noyabrda o‘tkazilishi mumkin"
Yarim og‘ir vazn toifasida (79,4 kg) WBC chempioni Devid Benavidesning otasi va murabbiyi Xose Benavides o‘g‘lining rossiyalik Artur Beterbievga qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
"Biz Beterbievga qarshi to‘qnashuvga allaqachon rozi bo‘ldik. Umid qilaman, bir kun, albatta, Dmitriy Bivol bilan bahs ham bo‘lib o‘tadi. Biroq avval Arturni yo‘ldan olib tashlash zarur. Agar Entoni Yard jarohat olsa, u holda Beterbiev bilan jang noyabrdayoq o‘tkazilishi mumkin", — dedi Benavides "MillCity Boxing" YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Devid Benavides (30-0, 24 KO) britaniyalik Entoni Yard(27-3, 24 KO)ga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi.
Fikrlar