Xulian Al’vares «Atletiko»dan ranjidi
«Atletiko» hujumchisi Xulian Al’vares klub rahbariyatidan ranjigani aytilmoqda. Futbolchi o‘zini aldangandek, sotilgandek his qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Madrid klubi rahbarlari avvalroq Al’varesga: agar u jamoani almashtirishni istasa, ketishiga to‘sqinlik qilmaslikka va’da bergan. Endi esa vaziyat keskin o‘zgarqan: futbolchi «Barselona» bilan kelishuvga erishganiga qaramay, «matraschilar» uni qo‘yib yuborishni istamayapti.
«Barselona» tomoni esa boshqacha fikrda. Kataloniya klubi rahbariyatiga ko‘ra, agar Al’vares omma oldida ochiqchasiga «Barselona»ga o‘tish istagini bildirsa, «Atletiko» uni ushlab qolishga qodir bo‘lmaydi va majbur ravishda transferga rozi bo‘ladi.

Fikrlar