Xulian Al’vares “Atletiko”dan ketmoqchi, asosiy maqsad — “Barselona”
“Atletiko” hujumchisi Xulian Al’vares klubni tark etish istagini bildirgan.
Bu haqida mashhur insayder Fabrizio Romano oʻzining YouTube kanalidagi dasturida maʼlum qildi. Manbaga koʻra, 26 yoshli argentinalik futbolchining asosiy maqsadi — “Barselona”ga oʻtish.
Avvalroq kataloniyaliklar Al’vares uchun taxminan 100 million yevro taklif qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq “matraschilar” futbolchini bundan ham yuqoriroq baholamoqda.
Shuningdek, Ispaniya matbuoti madriddliklar hujumchini sotish niyatida emasligini ham yozmoqda.
Maʼlumot uchun, Xulian “Atletiko” safida 106 ta uchrashuvda ishtirok etib, 49 ta gol urgan.

Fikrlar