
Xyutterning Yamalga qarshi rejasi o‘xshadi, Ter Shtegen esa mezbonlarga yordamlashib yubordi
"Barselona" so‘nggi marta Chempionlar ligasida chempion bo‘lganiga ham kelasi yil 10 yil bo‘ladi. Muxlislar bu davrni qaytishini intizorlik bilan kutayotgan bir paytda jamoa turnirni mag‘lubiyat bilan boshlamoqda. Klub birinchi turda Frantsiyaning "Monako"siga taslim bo‘ldi. Adolf Xyutter shogirdlarining ko‘rsatgan tartibli futbolchi "Barsa"ga umuman imkoniyat qoldirmadi. Ammo buni kataloniyaliklar bir kishi kam edi, deb qo‘yish ham mumkin. Shunday bo‘lsa-da, germaniyalik murabbiyning rejasi o‘zini oqladi.
Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq "Monako" ustunlikni qo‘lga olib bo‘lgandi. Qizil kartochkagacha jamoa bitta aniq zarba berishga ham ulgurdi. 10-daqiqada esa o‘sha voqea sodir bo‘ldi. Ter Shtegenda ikkita yaxshiroq variant bor joyida markazda turgan Erik Garsiyaga pas berdi. Vaholanki, unga ikkita futbolchi bosim qilayotgandi. Garsiya esa pas bo‘lishini kutmagan chog‘i, to‘pni egallay ololmay, to‘pni ilib ketgan futbolchiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va qizil kartochka bilan jazolandi.
Shundan keyin Xans-Diter Fliknin rejalari umuman o‘zgarib ketgan bo‘lsa ham ajab emas. Endi uyga hech bo‘lmaganda bir ochko bilan qaytish kerak. Ammo mezbonlar bunga rozi emas. Ustunlik butkul monakoliklar qo‘liga o‘tib ketdi va oradan ko‘p o‘tmay Alkiush ajoyib reydi bilan hisobni ochdi. Bu vaziyatda Ter Shtegen zarbaga hech qanday reaktsiya bildira olmay qolgani tanqid qilindi.
Ko‘p gollarda u shunday qotib qoladi. Bu esa klub muxlislarini tobora xavotirga solib qo‘ymoqda. Ayni paytda darvozabonni almashtirish kerak, deydigan fanatlarni ham topish qiyin emas.
Xyutter ushbu o‘yindagi eng katta xavflardan biri Lamin Yamalni zararsizlantirishga katta e’tibor qaratdi. U odatda o‘ng qanotda o‘ynaydigan Vandersonni chap qanot himoyaga joylashtirdi. 28-daqiqada mark Kasadoning super pasini Lamin jarima maydonchasi tashqarisidan turib, golga aylantirdi. U vaziyatda Vanderson to‘pni boshi bilan qaytara olmay qoldi. Yaxshilab e’tibor berilsa, Yamal bunga qarashib ham yubordi.
Agar shu holatni inobatga olmasa, braziliyalik fulbek munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Statistikaga e’tibor bersak, Yamal bu o‘yinda bitta ham muvaffaqiyatli dribling qila olmadi. Aynan Vanderson ikkita golga assist amalga oshirdi. Shuningdek, 4 ta xavfli vaziyat yaratishni ham epladi. Bu orqali u top klublar e’tiboriga tushib olish hech gap emas.
Garchi ko‘p tanqid qilinayotgan bo‘lsa ham "Barsa"ning "Monako"ga qarshi eng ko‘p ball olgan futbolchisi bu Ter Shtegen bo‘ldi. U o‘yin davomida 6 ta seyv qildi. Shulardan 5 tasi jarima maydonchasi ichidan berilgan zarbalar edi. 3 tasi gol bo‘lish ehtimoli juda baland edi.
"Barselona"ni endi oldinda bu mavsum hali mag‘lub bo‘lmagan "Vilyarreal"ga qarshi la Liga bahsi kutib turibdi. Marselino shogirdlarining ayni paytda kayfiyati juda yaxshi. Shundan keyin Flik shogirdlari "Getafe", "Osasuna", "Yang Boyz" va "Alaves" jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Bu jamoaning keyingi FIFA kunlaridan so‘ng kutib turgan uchrashuvlar uchun yaxshiroq holatda etib borishi uchun ajoyib imkoniyatdir.
Fikrlar