Yamal yoshiga yarashmagan maosh olyapti

  • 13 iyun, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

“Barselona” sport direktori Deku jamoa yulduzi – 17 yoshli Lamin Yamalning yangi shartnoma bo‘yicha maoshi haqida gapirdi.

Tecno

Bir oydan keyin Yamal 18 yoshga to‘ladi va klub bilan tuzilgan yangi bitim bo‘yicha har yili 15 million evrodan maosh ola boshlaydi. Bu summa ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Deku shu masalaga oydinlik kiritdi.

- Lamin Yamal – bir necha yilda bir tug‘iladigan o‘yinchilar toifasiga kiradi. U nafaqat mahoratini, balki o‘yini yoshiga nisbatan ancha etuk darajada ekanini namoyish qilib kelmoqda.

Laminning yoshi 17 dami, 27 yoki 30 dami, buning farqi yo‘q. Hammaga bir xil hurmat-e’tibor ko‘rsatish kerak. O‘yinchi shartnomani uzaytirar ekan, klubga nima berayotganiga qarab baholanadi. Uning qanday o‘ynayotgan muhim.

Men Lamin Yamal o‘z ishini mukammal darajada uddalayapti, deb hisoblayman, - dedi Deku.

Yakunlangan mavsumda Lamin Yamal barcha turnirlarda 55 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 18 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 25 ta golli uzatma berdi. Uning yangi shartnomasi 2031 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!