Yamalga yangi vazifa topshirildi

  • 1 iyul, 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning so‘nggi yillardagi etakchisiga aylangan Lamin Yamal ta’tildan qaytishi bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Tecno

Bir necha kundan keyin 18 yoshga to‘ladigan futbolchi bilan klub 2031 yilning yozigacha davom etadigan bitim imzolaydi va unga ko‘ra Yamal jamoada eng katta maosh oladigan o‘yinchilar qatoriga qo‘shiladi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi yangi mavsumda Yamalga qo‘shimcha vazifalar yuklaydi. Endi iqtidorli o‘yinchiga uchrashuvlar davomida penalti va jarima zarbalarini ijro qilish imkoniyati ham beriladi.

Bundan tashqari, Lamin Yamal klubda alohida qadrlanadigan 10-raqamni Ansu Fatidan qabul qilib olishi kutilmoqda. Fati esa, yozda o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!