
Yamalni APLning 2 top klubi nishonga oldi!
"Liverpul" va "Manchester Siti" "Barselona"ning yosh yulduzi hisoblangan Lamin Yamalni kuzatib bormoqda, deya xabar bermoqda "Mundo Deportivo" nashri.
Xabaringiz bor, Yamalning "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2026 yil o‘z nihoyasiga etadi. Shunday bo‘lsa ham yaqin kunlarda uzoq muddatli shartnoma imzolashi haqidagi mish-mishlar tarqalmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Arne Slot va Xosep Gvardiola boshchiligidagi klublar ispaniyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda. Garchi Yamal bilan shartnoma imzolash qiyin bo‘lsa - da, harakat qilib ko‘rishni maqsad qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli vinger joriy mavsum kataloniyaliklar safida 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol va 19 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar