Yan Zommer: Futbolchilarning salomatligi birinchi o‘rinda turishi kerak

  • 22 sentabr, 2024, 14:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda Milanning “Inter” klubi sharafini himoya qilayotgan shveytsariyalik darvozabon Yan Zommer mavsum taqvimi yildan-yilga tig‘izlashib borayotgani haqidagi munozaralarga qo‘shildi.

Tecno

“Ko‘p o‘yin? Ha, bu haqda ko‘p gapiriladi. Men futbolchilarning salomatligi birinchi o‘rinda turishi kerak deb hisoblayman. Bir necha yil oldin men butun mavsumni bemalol o‘tkazishim mumkin edi. Hozir esa bir mavsumda 70 ga yaqin o‘yin bor. Shuning uchun biz Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ushbu eksperimental mavsumi qanday o‘tishini ko‘rishimiz kerak va ana shundan so‘ng to‘g‘ri qarorlar qabul qilinadi degan umiddaman”, - dedi Zommer pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri taqvim haddan tashqari tig‘iz bo‘lib ketgani uchun futbolchilar tomonidan ish tashlash ehtimoli borligini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!