
Yana bir superyulduz Evropani tark etmoqda
Evropa futbolining yorqin yulduzlaridan biri Antuan Grizmann joriy mavsum yakunlanishi bilan faoliyatida jiddiy o‘zgarish yasashga qaror qildi.
Frantsiyalik to‘purar qadrdon jamoasi “Atletiko” bilan hamkorlikni to‘xtatadi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, 34 yoshli hujumchi okeanortiga – MLS chempionatiga yo‘l olishni maqsad qilgan.
Grizmann o‘z hamyurtlari – darvoxabon Ugo Loris va hujumchi Olive Jiru o‘ynayotgan “Los-Anjeles” jamoasiga borib qo‘shiladi.
“Atletiko” tarixidagi eng sermahsul o‘yinchilardan hisoblangan Grizmanning amaldagi shartnomasi yana bir davom etishi kerak. Biroq AQSh klubi yozda bu transferni rasman hal etishi kutilmoqda.
Fikrlar