Yana qo‘sh! "Barsa" Ferranni PSJga sotmadi
«Barselona» rahbariyati Ferran Torres transferi bo‘yicha PSJning dastlabki taklifini rad etdi.
Mundo Deportivo nashri ma’lumoticha, bugun parijliklar 26 yoshli hujumchi uchun 40 million yevro taklif qilgan. Ammo kataloniyaliklar futbolchini bunday shartlarda qo‘yib yuborishni istamadi va ancha yuqori miqdorga umid qilmoqda.
«Barselona»ga yaqin manbalar klub nomidan tarqalgan boshqa xabarlarni inkor etmoqda. Unga ko‘ra, go‘yo PSJ 50 million yevro taklif qilgani va muzokaralar yakunlanish arafasida ekani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Klub ichida Ferran Torres fransuz jamoasi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishib olgani va yaqin orada yangi jamoaga o‘tishni istashi ma’lum.
Shu bilan birga, «blaugrana» rahbariyati o‘z talablariga mos kelmaydigan taklifni qabul qilish niyatida emas.

Fikrlar