Yangi futbolchilarga ega bo‘layotgan "Qo‘qon-1912" nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi

  • 11 fevral, 2023, 17:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentdagi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlaridan o‘rin olgan ilk o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Davron Fayziev boshchiligidagi qo‘qonliklar bugun Pro liga vakili “Aral”ga qarshi maydonga tushdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Habib Sharipov va Mo‘min Melievning gollari evaziga “Qo‘qon-191” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Nazorat uchrashuvi:

«Qo‘qon-1912» — «Aral» - 2:1

Gollar: Xabib Sharipov, Mo‘min Meliev.

“Qo‘qon-1912”ning boshlang‘ich tarkibi: Mirzoxidjon Jalilov, Andrey Sidorov, Aleksandr Merzlyakov, Jamshid Hasanov, Ibroximjon Muxtorov, Xabib Sharipov, Sardorjon Etovqo‘ziev, Muhammad Isaev, Mo‘min Meliev, Saidakbar Umaraliev, Quvonchbek Cho‘lponov

Zaxiradan maydonga tushganlar: Nizomitdin Ziyovutdinov. Doston Oripov.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, tarkibga yangi o‘yinchilardan Muhammad Isaev, Ibrohim Muxtorov, Nizomiddin Ziyovutdinov, Mo‘min Meliev singari futbolchilar jalb qilingan. Shuningdek, “Andijon”da to‘p surgan Azamat Isroilov ham ushbu jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!