Yangi mavsumning ilk "el-klasiko"si Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi

  • 11 iyun, 2022, 11:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi yangi mavsumning ilk "el-klasiko"si AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 23 iyul kuni o‘tkaziladi. 

Shuningdek, "qirollik klubi" 26 iyulda Meksikaning "Klub Amerika" jamoasiga qarshi San-Frantsiskoda, 30 iyulda esa Italiyaning "Yuventus"iga qarshi Los-Anjelesda o‘yin o‘tkazadi.

Ushbu o‘yinlardan so‘ng Madrid klubi Evropaga qaytib ketadi va 10 avgust sanasida UEFA superkubogi doirasida "Ayntraxt" bilan kuch sinashadi. Mazkur bahs Finlyandiyaning Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!