“Yangi nafas – ekiden” – katta musobaqa!

CHERY AUTO

Joriy yil 10 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas – ekiden” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

O‘zbekiston engil atletika federatsiyasida mazkur ommaviy musobaqaga tayyorgarlikning borishi bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tayyorgarlik ishlari, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ishtirokchilarning ro‘yxatdan o‘tishi va musobaqa o‘tadigan Yangi O‘zbekiston bog‘idagi yugurish yo‘laklari, kiyinish xonasi, ishtirokchilarni kutish joylari va ularga yaratilgan sharoitlar muhokama qilindi.

oQj5YWtqWt2thKi5EM5x3UECKuO5fTkV_front

Yig‘ilishda O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar o‘zlariga biriktirilgan vazifalar va ularning ijrosini bajarish borasida ko‘rsatmalar oldi. 

Mamlakatimizda ilk marotaba o‘tkaziladigan “Ekiden” musobaqasiga aholining keng qatlamini jalb etish, musobaqalarda ishtirok etish shartlari, mezonlari borasida bildirilgan takliflar ko‘rib chiqildi.  

Yig‘ilish yakunida tayyorgarlik ishlari bo‘yicha har bir yo‘nalish mas’ullariga aniq vazifalar berildi. 

4lTNkpctjPjX87l9FUIlMpSsVOmQL4G3_front

Eslatib o‘tamiz, “Yangi nafas – ekiden” musobaqasida ishtirokchilar erkaklar, ayollar va aralash estafeta bahslarida qatnashadi. Ushbu musobaqalarda tarkibi 15 yoshdan katta bo‘lgan 7 kishidan iborat 100 ta jamoa g‘oliblik uchun raqobatlashadi. Musobaqa soat 11:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!