
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Yangi Nafas – ekiden jamoaviy musobaqalari bo‘lib o‘tdi
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlagan Yangi Nafas – jamoaviy musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Yilning yakunlovchi ommaviy yugurish musobaqasida yugurish havaskorlari va harbiy tuzilmalardan 100 ga yaqin jamoalar ishtirok etdi.
Jamoaviy musobaqalarning tashkilotchilari sifatida: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, “Asaka bank” ATB, BYD Uzbekistan Factory, “O‘zbekneftgaz” AJ va O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi ishtirok etdi.
Ekiden engil atletika estafetasi Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari doirasida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Engil atletika federatsiyasining yilning yakunlovchi tadbiriga aylandi. Shuni ta’kidlash joizki, Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazilayotgan uch yil mobaynida eng muhim davlat sanalarini nishonlashga bag‘ishlangan holda, barcha yoshdagi fuqarolarning ishtiroki bilan keng ko‘lamli sport musobaqalarini o‘tkazish yaxshi bir an’anaga aylanib qolgan. Bu safar tadbir mamlakatning Bosh qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlagan edi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, respublikada yugurish madaniyati tobora rivojlanib bormoqda, yugurishning ham barqaror ijtimoiy jamiyat, ham shahar aholisining bo‘sh vaqtini o‘tkazishning bir turi sifatida ommaviyligi oshmoqda. Buning natijasida, jamiyatning faol turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini, shu jumladan, ommaviy tadbirlarning yangi formatlari orqali qo‘llab-quvvatlash masalasi yuzaga keldi. Ekiden estafetasi asfalt qoplamasi ustidagi jamoaviy musobaqa bo‘lib, unda ishtirokchilar ma’lum masofani bosib o‘tishlari va estafeta tasmasini keyingi yuguruvchiga topshirishlari kerak.
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ining start-finish maydonchasida noprofessional-havaskorlar, sportchilar va idoraviy tashkilotlardan shakllangan jamoalar uchrashdi.
Yangi Nafas – ekiden ochilishida tabrik so‘zi bilan Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov, Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov so‘zga chiqdi.
«Ommaviy sportning rivojlanishi mamlakat rahbariyati tomonidan faol qo‘llanmoqda. Bugungi kunda respublikaning katta va kichik shaharlarida yugurish marafonlari va yarim marafonlar, ultramarafonlar, turli murakkablikdagi ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda, - deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashi rahbari Viktor Maxmudov, - Bunday tadbirlar millat salomatligini mustahkamlashga yordam berib, minglab fuqarolar uchun yugurish ommaviy va doim shug‘ullanish mumkin bo‘lgan sport turiga aylantirmoqda hamda sport hayotiga faol ravishda jalb qilinayotgan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda».
Muhlislar, volontyorlar va faoliyatini endigina boshlayotgan atletlar ishtirokchilarning jamoaviy ruhini qo‘llab-quvvatlashdi. Jamoaning 7 ta ishtirokchilaridan har biri «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining hududi aylanasi bo‘ylab, 3.1 km ga yaqin masofani o‘tishi va estafetani keyingi yuguruvchiga topshirishi kerak edi. Yangi Nafas – ekiden estafetasining umumiy masofasi 22.26 km ni tashkil qildi.
Ishtirokchilar Yangi Nafas - ekiden jamoalar bellashuvi kelgusi yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuni munosabati bilan an’anaviy Men G’olib ommaviy yugurish musobaqasi bilan boshlanadigan ommaviy musobaqalarga yaxshi tayyorgarlik bo‘lganini ta’kidladilar.
Yangi Nafas – Ekidenning har bir g‘oliblar jamoasi pul mukofotlari bilan taqdirlandi: 1 o‘rin - 7 mln. so‘m, 2 mesto uchun – 5 mln. so‘m, va 3 o‘rin uchun – 3 mln. so‘m.
G‘olib jamoalar quyidagilar:
Erkaklar orasida:
1.O‘zR Mudofaa vazirligi jamoasi - 1:09:59
2.«Vatanparvar» jamoasi - 1:11:03
3.«Matonat» jamoasi - 1:12:54
Ayollar orasida:
1.Radikteam jamoasi – 1:27:25.
2.O‘zR Mudofaa vazirligi jamoasi- 1:33:00
3.Qutqaruvchilar jamoasi– 1:40:54
Aralash jamoalar:
1.Z_Runteam jamoasi -1:14:28
2.Milliy Gvardiya jamoasi - 1:20:44
3.Die Hard Running Tashkent jamoasi - 1:22:32
Fikrlar