Yangi vunderkindga "ov" boshlandi

  • 20.01.2026 10:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining uch qudratli klubi – “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Arsenal” skautlari Polshaning “Yagelloniya” klubida o‘ynayotgan 17 yoshli hujumchi Oskar Petushevski­ni kuzatib boroqda.

Uchala klub ham futbolchining atrofidagilar bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi va va yanvardagi qishki transfer oynasida rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Yagelloniya” yosh futbolchini 15 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Klub talab qilayotgan summani to‘lash Angliya grandlariga umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Oskar Petushevskining o‘zi ham faoliyatini rivojlantirish uchun zamonaviy futbolning vatani hisoblangan Angliyaga ko‘chib o‘tish istagini bildir­moqda.

Joriy mavsumda Petushevski barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!