Yangi yulduz Yamalni “taxt”dan ag‘dardi
“Chelsi”ning 18 yoshli futbolchisi Estevao Villian Braziliya terma jamoasidagi ishtirok bilan tarixiy rekord o‘rnatdi.
Gap shundaki, Estevao Karlo Anchelotti boshqarayotgan Braziliya terma jamoasida o‘zining beo‘inchi golini nishonladi. StatMuse xabariga ko‘ra, porlayotgan yulduzga ushbu marraga etish uchun atigi 11 ta o‘yin kifoya qildi. Bu Lamin Yamalning Ispaniya terma jamoasidagi ko‘rsatkichidan (20 ta o‘yin) qariyb ikki barobar kam deganidir.
Shuningdek, e’tiborga molik jihati shundaki, Vinisius Junior “pentakampeonlar” safida beshta gol urish uchun 32 ta uchrashuv o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Hozir “Real” yulduzi 25 yoshdi va uning xalqaro miqyosdagi gollari soni unchalik ko‘p emas (45 o‘yinda sakkizta).
Evropaga ko‘chib o‘tganidan keyingi debyut mavsumida Estevao “Chelsi” safida 16 ta uchrashuvda to‘rt marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga ulgurdi. Bu o‘yinchi 18 yoshga to‘lguniga qadar futbolchi o‘z vatanida “Palmeyras” sharafini himoya qilgan.



Fikrlar