
Yannik Sinner bu borada Federer, Jokovich va Nadalga etib oldi!
Dunyoning ayni damda birinchi raqamli tennischisi Yannik Sinner Uimbldon chorak finaliga chiqdi. Yakshanba kuni u Ben Sheltonni mag‘lub etdi - 6:2, 6:4, 7:6 (9).
E’tiborlisi, Sinner XXI asrda ATP doirasida mavsumdagi dastlabki 45 ta uchrashuvdan 42 tasida g‘alaba qozongan to‘rtinchi tennischisi bo‘ldi.
Unga qadar bu natijani Rojer Federer (2005, 2006), Novak Jokovich (2011, 2015, 2016) va Rafael Nadal (2013, 2018) qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz.. Yannik Uimbldon turniri chorak finalida rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi kotrga chiqadi. Bahs ertaga bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar