Yaqqol kurashchilar bahsi qanday yakun topadi yohud Bilol Muhammad va Shon Bredi jangi prevyusi

  • 18 oktabr, 2022, 14:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC 280: Oliveira vs Makhachev turniri shu darajada xilma-xil assortimentga ega kardki, siz bunda xohlagan yakkakurash uslubiga ega vakilni topa olasiz. Shu o‘rinda yarim o‘rta vaznning top prospektlari deya e’tirof etilayotgan ikki bir xil uslub vakillari - Bilol Muhammad (21-3 1NC) va Shon Bredi (15-0) bahsi ham bizga zerikarli bahs taqdim etmasligi haqiqatga yaqinroq jarayon. 

Tecno

Falastinlik Bilol Muhammad ayni damda 77 kg. gacha bo‘lgan vaznning top-5 reytingidan joy olgan va 2019-yildan buyon 8 jangdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyada ketmoqda (7 g‘alaba, 1 natijasi bekor qilingan bahs). Bemalol aytishimiz mumkinki, shu tempda Bilol bir-ikki g‘alabadan so‘ng bemalol titul jangida ishtirok etishi mumkin. Muhammad shu yil aprel oyida o‘zining faoliyatidagi eng muhim g‘alabalardan birini qo‘lga kiritdi. Visente Lyukega hech qanday imkoniyat qoldirmagan jangchi 6 yil oldingi mag‘lubiyat uchun o‘ziga xos ravishda revansh olishga muvaffaq bo‘ldi.A

merikalik Shon Bredi esa ancha avvaldan o‘zining g‘alabaga chanqoqligi bilan anchadan buyon eng umidli jangchilardan biri deya e’tirof etib kelinmoqda. Bredi o‘zining g‘alabali odimini UFC uzra ham davom ettirmoqda va rekordini 15 janglik g‘alabaga qadar etkazib oldi. O‘tgan yilning noyabr oyida Shon faoliyatidagi eng e’tiborga molik jangda raqibi Maykl Kezani murosasiz kechgan bahsda mag‘lubiyatga uchratdi. U ham xuddi raqibi kabi kurashni yaxshi ko‘ruvchi va undan muntazam tarzda foydalanuvchi jngchi hisoblanadi.

Ko‘rinishidan bu jang ikki raqibning ham ehtiyotkor taktikasi sababli to‘li davomm etish ehtimoli yuqori. Shunday bo‘lsada, aksariyat nashrlar Bredining imkoniyatini yuqori baholamoqda. Ammo, unutmaslik kerakki, Muhammad so‘nggi yillarning eng tez progressga erishgan jangchisi va ushbu jangga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Habib Nurmagomedov yordamiga suyandi. Demakki, bemalol biz yana bitta "Turnirning eng yaxshi jangi" bo‘sag‘asida turibmiz deya olamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!