Yilning eng ko‘p kutilgan sovrini "Oltin to‘p"ga kimlar da’vogar?

  • 22 sentabr, 17:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Parijda "Oltin to‘p-2025" topshiriladi. Marosim Frantsiya poytaxtidagi "Shatle" teatrida bo‘lib o‘tadi. Taqdirlash Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Tecno

France Football talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga quyidagi futbolchilar da’vogarlik qilmoqda:

Usmon Dembele (PSJ), Janluiji Donnarumma (PSJ / "Manchester Siti"), Jud Bellingem ("Real"), Dezire Due (PSJ), Denzel Dumfris ("Inter"), Seru Girassi ("Borussiya" Dortmund), Erling Xoland ("Manchester Siti"), Viktor Gyokeresh ("Arsenal" / "Sporting"), Ashraf Xakimi (PSJ), Xarri Keyn ("Bavariya"), Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ), Robert Levandovski ("Barselona"), Aleksis Makallister ("Liverpul"), Lautaro Martines ("Inter"), Skott Maktominey ("Napoli"), Kilian Mbappe ("Real"), Nunu Mendesh (PSJ), Joau Nevesh (PSJ), Pedri ("Barselona"), Koul Palmer ("Chelsi"), Maykl Olise ("Bavariya"), Rafinya Dias ("Barselona"), Deklan Rays ("Arsenal"), Fabian Ruis (PSJ), Virjil van Deyk ("Liverpul"), Vinisius Junior ("Real"), Muhammad Saloh ("Liverpul"), Florian Virts ("Liverpul" / "Bayer"), Vitinya (PSJ), Lamin Yamal ("Barselona").

21 yoshdan oshmagan dunyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisiga topshiriladigan "Kopa"ga quyidagilar nomzod bo‘lgan:

Pau Kubarsi ("Barselona"), Ayyub Buaddi ("Lill"), Dezire Due (PSJ), Estevao ("Chelsi" / "Palmeyras"), Din Xaysen ("Real" / "Bornmut"), Maylz Lyuis-Skelli ("Arsenal"), Rodrigo Mora ("Portu"), Joau Nevesh (PSJ), Lamin Yamal ("Barselona") va Kenan Yildiz ("Yuventus").

Dunyoning eng yaxshi darvozaboniga beriladigan Lev Yashin nomidagi sovrinni quyidagilar yutib olishi mumkin:

Alisson ("Liverpul"), Yassin Bunu ("Al-Hilol"), Lyuka Shevale ("Lill" / PSJ), Tibo Kurtua ("Real"), Janluiji Donnarumma (PSJ / "Manchester Siti"), Emiliano Martines ("Aston Villa"), Yan Oblak ("Atletiko"), David Raya ("Arsenal"), Matts Sels ("Nyukasl"), Yan Zommer ("Inter").

Jahonning eng yaxshi murabbiyiga beriladigan Yoxan Kroyff mukofotiga quyidagilar da’vogarlik qiladi:

Antonio Konte ("Napoli"), Luis Enrike (PSJ), Xans-Diter Flik ("Barselona"), Entso Mareska ("Chelsi"), Arne Slot ("Liverpul").

Yilning eng yaxshi klubi "Barselona", "Botafogo", "Chelsi", "Liverpul" va PSJ bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, mavsumning eng yaxshi to‘purariga sovrin - Gerd Myuller kubogi topshiriladi. Xuddi shunday mukofotlar ayollar futbolida ham taqsimlanadi.

Sovrinlar kalendar yili emas, balki mavsum yakunlari bo‘yicha (2024 yil 1 avgustdan 2025 yil 31 iyulgacha) topshiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!