Yosh sambochilarimiz Rossiyaga yo‘l oldi
14-15 mart kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyati, Mitishi shahrida sambo bo‘yicha xalqaro xotira turniri o‘tkaziladi.
Xalqaro sambo federatsiyasi faxriy prezidenti M. I. Tixomirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik o‘smirlar (2013-2016 yillarda tug‘ilgan sambochilar) ham ishtirok etishadi.
Vakillarimiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
-31 kg: Botir Abdugapparov
-38 kg: Artyom Bezrukov
-38 kg: Sadhon Hamidjonov
-38 kg: Avazbek Avazbekov
-42 kg: Radmir Xabiev
-42 kg: Stepan Zabilov
-50 kg: Bogdan Zanin
-50 kg: Akmal Azimov
+65 kg: Firdavsiy Lutfiddinov
Murabbiy: Roman Shakirov.
Bu haqida O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar