Yoshlar 10 ta gol ursa, 70 million evroga olib ketishyapti

  • 18 sentabr, 06:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning 37 yoshli to‘purari Robert Levandovski Angliya Premer-ligasi klublarining katta xarajatlargan asoslangan transfer siyosatiga munosabat bildirdi.

Tecno

- Angliya klublari xatto bir mavsum ham sinovdan o‘tmagan o‘yinchilarni katta summalarga sotib olyapti. Agar sen yosh bo‘lsang va olti oyda 10 ta gol ursang, qandaydir klub seni 60 yoki 70 million evroga olib ketadi.

Ilgari futbolchilar nimalargadir erishishi talab etilardi. Hozir esa, sarflanayotgan katta-katta mablag‘larga o‘yinchining sifati to‘g‘ri keladimi yoki yo‘q, buni hech kim bilmaydi, - dedi Robert Levandovski.

Polshalik forvard professional faoliyatining katta qismini Germaniya chempionatida o‘tkazgan va shundan so‘ng 2022 yilda “Barselona”ga kelgandi. Levandovski hech qachon Angliya Premer-ligasida o‘ynamagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!