
Yozda "Barselona" sotmaydigan 3 ta futbolchi bor. Qolganlar sotib yuborilishi yoki almashtirilishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoani tark etmaydigan 3 nafar futbolchini aniqlab oldi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, yarim himoyachi Frenki De Yong va hujumchi Lionel Messi “ko‘k-anor ranglilar” safini bu yoz har qanday holatda ham tark etmaydi. Qolgan barcha futbolchilar sotib yuborilishi yoki qaysidir futbolchi o‘rniga almashtirilishi mumkin.
“Barselona” mavsumlar oralig‘ida o‘ng qanot va markaziy himoyachi, shuningdek yarim himoyachi va hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar